Mahalliylashtirish loyihalari pasportlarini ishlab chiqish va ko‘rib chiqish avtomatlashtirilgan tizimi

Mazkur dastur majmuasi Mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tadbirkorlik subyektlari uchun ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish va ko`rib chiqishda qulayliklar yaratish, osonlashtirish hamda mahalliylashtirish Dasturiga loyihalarni kiritish jarayonining shaffofligini oshirish maqsadida joriy qilingan.

Loyiha tashabbuskorlaridan Mahalliylashtirish dasturlariga kiritish maqsadida tegishli hujjatlarni ekspert organlariga onlayn tarzda taqdim etish uchun tizimga Davlat soliq qo`mitasi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo orqali kirishi talab etiladi.

Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyiha pasportini kiritish